Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Martinelliga yangi xaridor paydo bo‘ldi

Martinelliga yangi xaridor paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinellining jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar yana avj olmoqda. 25 yoshli braziliyalik futbolchiga Qatarning «As-Sadd» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning xabar qilishicha, qatarliklar vinger atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda.

«Arsenal» rahbariyati o‘z futbolchisini 50 million yevrodan ortiq summaga sotishni rejalashtirmoqda. Taqqoslash uchun, Transfermarkt portali Martinellining bozor qiymatini 45 million yevroga baholagan.

Shuningdek, Martinelli xizmatlariga Italiyaning «Napoli» hamda Turkiyaning «Galatasaroy» klublari ham befarq emas.

Eslatib o‘tamiz, Gabriel Martinelli yakshanba kuni Angliya Superkubogi doirasida kechgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (3:0) qaydnomasiga kiritilmagan edi.

Kiritildi: 07:08, 17.08.2026.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик