"Barselona" Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha aniq harakatlar rejasini ishlab chiqqan.
Ispaniya OAV ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar transferni yaqin ikki kun ichida to‘liq yakunlashni rejalashtirmoqda. Klub Rodrini 19 avgust, chorshanba kuni Joan Gamper kubogi uchun o‘tkaziladigan uchrashuv doirasida muxlislarga tanishtirishni istamoqda.
Rejaga ko‘ra, yangi futbolchi "Al-Ahli"ga qarshi bahs boshlanishidan oldin rasman taqdim etiladi.
Avvalroq Rodri "Real"dan tushgan taklifni qat’iy rad etgani xabar qilingan edi. Futbolchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirish variantini tanlagan.













