Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Kamerun ayollar milliy jamoasi tarixda ilk bor Afrika chempioni bo‘ldi. Eto’O juda xursand (foto)

Kamerun ayollar milliy jamoasi tarixda ilk bor Afrika chempioni bo‘ldi. Eto’O juda xursand (foto)

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kamerun ayollar milliy jamoasi tarixda ilk bor Afrika millatlar kubogi g‘olibiga aylandi.

Marokash poytaxti Rabotda o‘tkazilgan finalda kamerunlik futbolchilar turnir debyutanti Malavini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mari Nga Manga ikkita gol urgan bo‘lsa, yana bir to‘p Naomi Eto hisobiga yozildi.

Kamerunliklar Malavining asosiy hujum kuchlari — Tabita va Temva Chavinga opa-singillarini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lib, finalda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bu Kamerunning Afrika millatlar kubogi finalidagi to‘rtinchi ishtiroki edi. Jamoa avvalgi uchta hal qiluvchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan, ammo bu safar tarixiy sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kamerun futbol federasiyasi prezidenti Samyuel Eto’O g‘alabadan so‘ng quvonchini yashira olmadi. Sobiq futbolchi maydonda jamoa a’zolari bilan birga chempionlikni nishonlab, o‘yinchilarni tarixiy natija bilan tabrikladi.

Kamerun pley-offda Nigeriyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi, yarimfinalda esa mezbon Marokashni penaltilar seriyasida turnirdan chiqardi. Malavi ham musobaqada ilk bor ishtirok etishiga qaramay, finalgacha yetib borib, o‘z futboli tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Kiritildi: 15:57, 17.08.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик