Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Fermin Lopes: "Rodri — dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi"

Fermin Lopes: "Rodri — dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi"

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes "Manchester Siti" futbolchisi Rodri Ernandesning kataloniyaliklar safiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

"U buyuk futbolchi. "Oltin to‘p" sohibi va jahon chempioni. Men u bilan Ispaniya milliy jamoasida birga o‘ynayman. Men uchun Rodri dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi. U "Barselona"ga juda katta foyda keltirishi mumkin", — deya Lopesning so‘zlarini diariARA nashri keltirdi.

Rodri 2019 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Avvalroq Rodrining "Barselona"ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti"ning Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi kechgan va 0:3 hisobida yakunlangan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 12:35, 18.08.2026.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик