"An-Nasr" Saudiya Arabistoni Qirol kubogi 1/16 final bosqichida "Al-Draix"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Ar-Riyoddagi shahzoda Turkiy bin Abdulaziz stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar safidagi ispaniyalik yarim himoyachi Oskar Rodriges 2-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlar 11-daqiqada javob golini urishdi — Muhammad Simakan gol muallifi bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim oxirida "An-Nasr" bir daqiqa ichida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Avvaliga Joau Feliks, ortidan esa Abdulla Al-Hamdan gol urdi. Ikkinchi bo‘limda Feliks yana bir bor aniq zarba yo‘llab, dubl qayd etdi va uchrashuvning yakuniy hisobini belgiladi — 4:1.
Riyodliklarning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubordi. 41 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng klub ixtiyoriga kech qaytgani bois, jismoniy holatini bosqichma-bosqich tiklash uchun unga qo‘shimcha dam berildi.
"An-Nasr"ning keyingi bosqichdagi raqibi qur’a tashlash marosimidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Qirol kubogi
1/16 final
"Al-Draix" — "An-Nasr" — 1:4 (1:3)
Gollar: Rodriges, 2 — 1:0. Simakan, 11 — 1:1. Feliks, 36 — 1:2. Al-Hamdan, 37 — 1:3. Feliks, 68 — 1:4.













