"Tuluza" "Milan" himoyachisi David Odoguni ijaraga olganini rasman e’lon qildi.
Kelishuv 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan. Fransiya klubida 20 yoshli germaniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bo‘lmaydi.
Odogu "Milan"ga 2024 yil yozida "Volfsburg"dan o‘tgan edi. U "rossonerilar" safida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.













