Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing - Elche
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Xabi Alonso: "Ayrim vaziyatlarda xato qilganimni tan olishimga to‘g‘ri keladi"

Xabi Alonso: "Ayrim vaziyatlarda xato qilganimni tan olishimga to‘g‘ri keladi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premyer-ligasiga moslashish jarayoni qanday kechishi haqida fikr bildirdi.

"Bu, albatta, ma’lum bir jarayon. Ammo Premyer-ligada murabbiy bo‘lishning asosiy sinovlaridan biri ham shu. Har bir chempionat bir-biridan farq qiladi, har birining o‘ziga xos jihatlari bor.

Menda Germaniya va La Ligada ishlash tajribasi bor, ammo bu yerda tezda tushunib olishim kerak bo‘lgan jihatlar albatta uchraydi. Ayrim vaziyatlarda o‘zimga: "Xo‘p, bu yerda men xato qilgan ekanman, endi tushundim", deyishim mumkin. Bu ham jarayonning bir qismi", — deya Alonsoning so‘zlarini Men in Blazers keltiradi.

Xabi Alonso 1 iyul kuni rasman "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlangan va 2026 yilda jamoani boshqargan uchinchi mutaxassisga aylangan.

2025/26 yilgi mavsumning birinchi yarmida klubni Enso Mareska boshqargan. U ketganidan keyin jamoa bosh murabbiyi lavozimida Liam Rosenyor va Kalum Makfarleyn ham ishlagan.

Xabi Alonso esa o‘tgan mavsumni Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi sifatida boshlagan va 2026 yil yanvar oyida ispan klubini tark etgan.

Kiritildi: 09:32, 19.08.2026.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик