"Aston Villa"ning argentinalik darvozaboni Emiliano Martinesga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" Gulyelmo Vikarioni "Yuventus"ga sotish bo‘yicha kelishuvga erishganidan so‘ng 33 yoshli Martinesni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
"Aston Villa" esa o‘z darvozaboni bilan xayrlashishga tayyor ekani aytilmoqda. Sababi, birmingemliklar avvalroq asosiy darvozabon roli uchun Dzion Suzukini o‘z safiga qo‘shib olgan.
O‘tgan mavsumda Martines barcha musobaqalar doirasida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u 14 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Argentinalik futbolchining "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.













