Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Manuel Lokatelli «Milan»dagi yillarini esladi

Manuel Lokatelli «Milan»dagi yillarini esladi

Baho:
+ | -

Italiyalik yarim himoyachi Manuel Lokatelli 2016 yildan 2019 yilga qadar «Milan» sharafini himoya qilgan va hanuzgacha klubdagi davrini iliq xotiralar bilan eslaydi.

«Men “Milan”dan doimo minnatdor bo‘lib qolaman. Bu yerda barcha bosqichlarni bosib o‘tdim, klub mening uyim edi. Shuningdek, menga ishonch bildirgan Montellaga ham har doim minnatdor bo‘laman.

O‘sha paytda hamma narsani to‘g‘ri yengib o‘tish uchun yetarli tajriba va ko‘nikmalarga ega emasdim. Men hali juda yosh va yetarlicha yetuk emasdim. Mendan juda katta umidlar qilishgan, men esa bu bosimni yanada kuchliroq his qilardim. Ayniqsa, “Yuventus” darvozasiga urgan o‘sha golimdan keyin», — deya Lokatellining so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining yangi mavsumi shu hafta oxirida start oladi.

Kiritildi: 12:21, 19.08.2026.
O'qildi: 527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик