Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Argentina futbol assosiasiyasi prezidenti terma jamoa futbolchilarini himoya qildi

Argentina futbol assosiasiyasi prezidenti terma jamoa futbolchilarini himoya qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Argentina futbol assosiasiyasi prezidenti Klaudio Tapiya mahalliy matbuotda bir oydan buyon davom etayotgan milliy terma jamoa futbolchilariga qarshi tanqidiy kampaniyani to‘xtatishga chaqirdi. Futbolchilar jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatda ayblanib, ular maydonda bor imkoniyatini ishga solmagani haqida fikrlar bildirilmoqda.

"Bir oy o‘tdi. O‘sha finaldan beri bir oy. Terma jamoa sotilgan degan fikrni odamlarga singdirishga qaratilgan yolg‘on, manipulyasiyalar va jirkanch kampaniyaga ham bir oy bo‘ldi. Eng ajablanarlisi, bir oy o‘tsa ham hech kim uzr so‘ramadi. Hech kim "Biz adashdik", deya olmadi. Hech kimda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish uchun halollik, munosiblik yoki shunchaki jasorat yetarli bo‘lmadi", — deb yozdi Tapiya.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. 

Kiritildi: 12:27, 20.08.2026.
O'qildi: 345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик