"Inter Mayami" MLS muntazam chempionati doirasida "Filadelfiya"ga qarshi uchrashuvda hisobda oldinga chiqdi.
26-daqiqada argentinalik hujumchi Lionel Messi Yen Freyning uzatmasidan so‘ng gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
39 yoshli argentinalik uchun bu professional faoliyatidagi 922-gol bo‘ldi. Messi klublar safida 795 ta, terma jamoa miqyosida esa 125 ta gol urgan. Bu natijaga erishish uchun unga 1191 ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Messi "Inter Mayami" safida 109 ta uchrashuvda 91 ta gol urgan. U "PSJ"da 75 ta o‘yinda 32 ta, "Barselona"da esa 778 ta uchrashuvda 672 ta gol muallifi bo‘lgan. Argentina terma jamoasi safida 207 ta o‘yin o‘tkazgan.
Messi "Inter Mayami"ga 2023 yil yozida kelib qo‘shilgan. Oktyabr oyida u klub bilan shartnomasini 2028 yilga qadar uzaytirgan.













