Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

FIFAda Infantinoga qarshi bosim kuchaymoqda: beshinchi vise-prezident uni iste’foga chaqirdi

FIFAda Infantinoga qarshi bosim kuchaymoqda: beshinchi vise-prezident uni iste’foga chaqirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Vengriya futbol federasiyasi rahbari Shandor Chani FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi.

17 avgust kuni FIFA Infantinoning jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasini tanqid qilgan operasion direktor Kevin Lyamurni lavozimidan ozod qilgan edi.

The Guardian nashrining AFPga tayanib xabar berishicha, Chani seshanba kuni Infantino nomiga maktub yo‘llagan.

Milliarder, biznesmen va bankir o‘z maktubida FIFA prezidentini endi qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. U Infantinoning "kasbiy salohiyati, axloqiy me’yorlari va rahbarlik fazilatlari"ni tanqid qilib, unga bo‘lgan ishonchini yo‘qotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Lyamurning kutilmagan ishdan bo‘shatilishini "sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi tomchi" deb atagan.

"FIFAni hamkorligimizga avval asos bo‘lgan umumiy qadriyatlarga muvofiq muvaffaqiyatli va samarali boshqara olishingizga bo‘lgan ishonchimga putur yetdi", — deb yozgan Chani.

Maktubda, shuningdek, 2026 yilgi jahon chempionati bilan bog‘liq "bir qator bahsli qarorlar" hamda Infantinoning FIFA musobaqalarini o‘tkazishni tashqi tashkilotlarga topshirish rejalaridagi ishtiroki tilga olingan.

Chani FIFA kengashidagi sakkiz nafar vise-prezident orasida Infantinoni iste’foga chaqirgan beshinchi shaxs bo‘ldi. Avvalroq UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin, KONKAKAF vakili Viktor Montalyani, OFK rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa va Angliya futbol assosiasiyasi rahbari Debbi Xyuitt ham shunday pozisiyani bildirgan.

FIFA vise-prezidentlaridan faqat uch nafari Infantinoni qo‘llab-quvvatlamoqda — KONMEBOL vakili Alexandro Dominges, Afrika futbol konfederasiyasi rahbari Patris Motsepe va Okeaniya futbol konfederasiyasi rahbari Lambert Maltok.

Kiritildi: 13:44, 20.08.2026.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик