«Atletiko»ning yangi futbolchisi, himoyachi Kristian Romero jamoa hujumchisi Xulian Alvaresning ayni paytdagi holati haqida fikr bildirdi.
Avvalroq muxlislar «Atletiko»ning yangi mavsum uchun rasmiy fotosessiyasida Alvares tushkun kayfiyatda ko‘ringan suratni faol muhokama qilgandi. Bu holat argentinalikning avvalgi mavsumlardagi fotosuratlari bilan taqqoslanib, uning klubdagi kelajagi haqida turli taxminlarni keltirib chiqardi. Alvaresning o‘zi «Barselona»ga o‘tish istagini bildirgan, ammo «Atletiko» uni sotishni istamayapti.
Romero esa Argentina terma jamoasidagi sherigining kayfiyatida hech qanday o‘zgarish sezmaganini ta’kidladi.
«Men bu yerga besh kun oldin keldim va shuni aytishim mumkinki, Xulian Alvares har doimgidek. Unda gol urishga bo‘lgan ishtiyoq juda yuqori. U juda diqqatli va maqsadiga erishishga qat’iy bel bog‘lagan. Bu meni juda xursand qiladi», — dedi Romero.
Kristian Romero va Xulian Alvares Argentina milliy jamoasida ham birga to‘p tepadi. Romero shu yozda «Tottenhem»dan «Atletiko» safiga kelib qo‘shildi.













