Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Real» «Granada»ning 19 yoshli hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

«Real» «Granada»ning 19 yoshli hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Granada» hujumchisi Rayan Zinebini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda ESPN jurnalisti Rodra xabar berdi.

«Qirollik klubi» 19 yoshli marokashlik futbolchini asosiy jamoa uchun emas, balki «Real»ning zaxira jamoasi — «Kastilya» tarkibini kuchaytirish maqsadida olib kelmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Zinebi dastlab ijara asosida «Kastilya»ga qo‘shilishi, kelishuvda esa uni taxminan 2 million yevroga to‘liq sotib olish huquqi bo‘lishi kutilmoqda.

Ayni paytda Marokash U20 terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Zinebi joriy yil mart oyida «Granada»ning asosiy jamoasida debyut qildi. U o‘tgan mavsumda «Granada»ning zaxira jamoasi safida 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Zinebi Barselonada tug‘ilgan. U futboldagi dastlabki qadamlarini «Kornelya» akademiyasida qo‘ygan, keyinchalik «Prat»da to‘p tepgan. 2025 yil sentyabrda esa «Granada» safiga kelib qo‘shilgan.

Kiritildi: 18:20, 20.08.2026.
O'qildi: 2070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик