«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo nima uchun jamoasida Bernardu Silvani ko‘rishni istaganini tushuntirdi.
Bernardu bu yozda «Manchester Siti» bilan shartnomasi yakuniga yetgach, Madrid klubi safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
— Bu Pep Gvardiola qadrlagan futbolchilardan biri. Buning o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi, chunki Pep doimo dunyodagi eng yaxshi futbolchilar bilan ishlagan.
— Sizga Bernardu yoqadi, u sizga kerak edi va uni jamoaga olib kelishni juda xohlagan edingiz. U jamoaga nima beradi?
— U har qanday pozisiyada foydali bo‘la oladi. Umid qilamanki, uning yordamida muammolarimiz kamayib, barqarorligimiz oshadi. Agar buning uddasidan chiqsak, Bernardu hozir yarim himoyachi bo‘lsa-da, «o‘nlik» pozisiyasida, o‘ng qanotda, hujum uchida o‘ynay oladi. U istalgan pozisiyada harakat qila oladi, taktik jihatdan sezgirligi juda yuqori va u menga doimo yoqib kelgan futbolchi, — dedi Mourinyo El Chiringuito nashriga bergan intervyusida.













