Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) 2-1 Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn 2-1 Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya 1-1 As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-0 Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

Dyokereshning agenti Kataloniyada

Dyokereshning agenti Kataloniyada

Baho:
+2 | -

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Viktor Dyokereshning "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalishda davom etmoqda.

Shvesiyalik futbolchi Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan variantlardan biri hisoblanmoqda.

Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining agenti so‘nggi ikki-uch kunni Barselonada o‘tkazgan. Bu holat "Arsenal" hujumchisining Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Shu bilan birga, boshqa manbalarda hozircha "Barselona" va "Arsenal" o‘rtasida Dyokeresh transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlanmagani aytilmoqda.

"Barselona"ga, shuningdek, "Inter" sardori Lautaro Martinesga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar bor. Argentinalik hujumchi ham Kataloniya klubining variantlari qatorida tilga olinmoqda.

Transfermarkt portalida Viktor Dyokereshning transfer qiymati 65 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 10:45, 21.08.2026.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик