"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madrid klubini qachon to‘liq o‘z jamoasi deb hisoblash mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Portugaliyalik mutaxassis bu yozda "Real"ga qaytib, klubdagi ikkinchi davrini boshladi.
"Bu yaxshi bo‘ladimi yoki yomon — "Real" allaqachon mening jamoam. Agar ideal jamoa haqida gapiradigan bo‘lsak, u hech qachon ideal bo‘lmaydi. Menimcha, biz har kuni yaxshiroq bo‘lib borishimiz kerak.
Murabbiy bir jamoada bir necha yil ishlaydigan holatlar menga yoqadi. Chunki bu doimiy ravishda rivojlanib borish imkonini beradi", — dedi Mourinyu.
63 yoshli mutaxassis joriy yozda "Real" bosh murabbiyligiga qaytdi. Uning Madrid klubidagi ikkinchi davri 13 yillik tanaffusdan so‘ng boshlandi.
"Real" yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 22 avgust kuni La Liga doirasida "Espanyol"ga qarshi o‘tkazadi.













