Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Mareska Fodendagi o‘zgarishlarni e’tirof etdi

Mareska Fodendagi o‘zgarishlarni e’tirof etdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa yarim himoyachisi Fil Fodenning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, 26 yoshli angliyalik futbolchi yangi mavsum oldidan jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi holatda. Fodenning o‘zi ham Mareska qo‘l ostidagi davrni «yangi boshlanish» sifatida baholab, murabbiy bilan avvaldan tanish ekani moslashish jarayonini yengillashtirayotganini aytgan.

«Menimcha, Foden so‘nggi o‘yinni yaxshi o‘tkazdi. Uning yaxshi formada ekani ko‘rinib turibdi. Birinchi kundanoq juda yaxshi taassurot qoldirmoqda.

Klubdagilarning aytishicha, o‘tgan yoki undan avvalgi mavsumdagi Fil bilan hozirgi Fil o‘rtasida, ayniqsa, kayfiyati va maydonda ko‘rsatayotgan o‘yini jihatidan katta farq bor. Bizga aynan shu kerak.

Fil — akademiyamiz tarbiyalanuvchisi, u o‘zimizniki. Uning qanday rivojlanayotganini ko‘rish barchaga yoqimli», — dedi Mareska.

Foden «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jamoa yangi mavsumni katta o‘zgarishlar bilan boshlamoqda — Mareska Pep Gvardiola davridan keyin klub boshqaruvini qabul qilib oldi.

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining birinchi turida o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi. 

Kiritildi: 18:23, 21.08.2026.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик