Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Uotkins «Al-Hilol»ga o‘tishni xohlamoqda

Uotkins «Al-Hilol»ga o‘tishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins faoliyatini Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubida davom ettirish istagini bildirdi.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik forvard Birmingem klubi rahbariyatini ketish istagidan xabardor qilgan. «Al-Hilol» futbolchi uchun navbatdagi taklifini yuborgan, biroq «Aston Villa» uni ham rad etgan. So‘nggi xabarlarda klub Uotkins bo‘yicha munosib taklif tushsa, uning ketishiga ruxsat berishi mumkinligi aytilmoqda.

Uotkins 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib keladi. U jamoaga «Brentford»dan kelib qo‘shilgan. Hujumchi Birmingem klubi safida barcha musobaqalarda 278 ta uchrashuv o‘tkazib, 108 ta gol urgan va 47 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 20:17, 21.08.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик