Angliya Premyer-ligasining 2026/27-yilgi mavsumi 1-turida «Brentford» o‘z maydonida «Tottenxem»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar 12-daqiqada Kin Lyuis-Potterning goli evaziga hisobni ochdi. 33-daqiqada Vitali Yanelt ustunlikni oshirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Mikael Kayode uchinchi golni kiritdi.
55-daqiqada «Brentford» hisobni yanada yiriklashtirishi mumkin edi, ammo Igor Tiago penaltidan foydalana olmadi.
«Tottenxem»ning yangi futbolchilari Endryu Robertson va Sandro Tonali uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Shu tariqa, «Brentford» yangi mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, «Tottenxem» ilk turda javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi.
Keyingi turda «Tottenxem» 29-avgust kuni «Nyukasl»ni qabul qiladi. «Brentford» esa 30-avgustda «Lids» mehmoni bo‘ladi.













