Italiya A Seriyasining 2026/27-yilgi mavsumi 1-turida «Udineze» o‘z maydonida «Komo» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Hassan Kamara mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Anastasios Duvikas javob golini kiritib, yakuniy hisobni belgiladi — 1:1.
Shu tariqa, har ikki jamoa yangi mavsumni bir ochkodan boshladi.
Keyingi turda «Udineze» 29-avgust kuni «Monsa» mehmoni bo‘ladi. «Komo» esa 30-avgustda safarda «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.













