«Bavariya» ketma-ket ikkinchi marta Germaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi. Myunxenliklar 2026 yilgi Superkubok bahsida Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
«Dortmund» stadionida o‘tkazilgan uchrashuvni Daniel Shlager boshqardi. «Bavariya» safida Nataniel Braun va Maykl Olise gol urgan bo‘lsa, dortmundliklarning yagona goliga Fabiu Silva mualliflik qildi.
2025 yilgi Germaniya Superkubogi ham «Bavariya»ga nasib etgandi. O‘shanda myunxenliklar «Shtutgart»ni 2:1 hisobida mag‘lub qilgan.
«Bavariya» o‘tgan mavsumda 89 ochko to‘plab, Germaniya chempioniga aylangandi. Shuningdek, myunxenliklar mamlakat kubogini ham qo‘lga kiritgan. Dortmundning «Borussiya» klubi esa vise-chempion sifatida Superkubok bahsida ishtirok etdi.













