Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karlos Espi: «Men dunyodagi eng baxtli insonman»

Karlos Espi: «Men dunyodagi eng baxtli insonman»

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Madridning «Real» klubi yangi hujumchisi Karlos Espining goli evaziga La Liga doirasida «Espanyol»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

21 yoshli futbolchi 80-daqiqada Jud Bellingem o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. U 90-daqiqada hal qiluvchi golni kiritdi. Bu ispaniyalik hujumchining «qaymoqranglilar» safidagi ilk rasmiy uchrashuvi edi.

«To‘p men tomonga qaytib kelganini ko‘rgach, o‘zimga bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligim kerakligini aytdim. Gol ura olganimdan juda xursandman.

Keyin ortimga o‘girilib, butun jamoa golni qanday nishonlayotganini ko‘rdim. Bu aqlbovar qilmas holat edi. Men dunyodagi eng baxtli insonman», — deya Espining so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.

«Real» Karlos Espini iyul oyi oxirida «Levante»dan 25 million yevro evaziga sotib olgandi.

Kiritildi: 08:48, 23.08.2026.
O'qildi: 260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик