"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska klubda amal qiladigan norasmiy qoida — jamoada qolishni istamagan futbolchilarni majburan ushlab turmaslik tamoyili haqida fikr bildirdi.
Yaqinda "shaharliklar" vataniga qaytish istagini bildirgan Rodri bilan xayrlashdi. Ispaniyalik yulduz yarim himoyachini "Barselona" o‘z safiga qo‘shib oldi.
Yaqin vaqt ichida Savinyo va Omar Marmush ham "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Har ikki futbolchi "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi.
"Futbolchilar bu yerda qolishni istamasa, albatta, ketishi mumkin. Agar futbolchi o‘zini baxtli his qilmasa, baribir maydonda o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olmaydi", — dedi Mareska Hayters TV bilan suhbatda.
Bugun "Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasining birinchi turi doirasida o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.













