Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Darvin Nunyes yangi mavsumni «Al-Diriya»da o‘tkazadi

Rasman: Darvin Nunyes yangi mavsumni «Al-Diriya»da o‘tkazadi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» urugvaylik hujumchi Darvin Nunyesning «Al-Diriya» klubiga ijaraga berilganini rasman e’lon qildi. Kelishuv 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Xabarlarga ko‘ra, bitimda futbolchini sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

Nunyesni ijaraga berish to‘g‘risidagi qaror klub prezidenti shahzoda Navaf bin Saad boshchiligidagi «Al-Hilol» direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan.

27 yoshli hujumchi «Al-Hilol» safiga 2025 yil yozida «Liverpul»dan kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda u Saudiya klubi safida 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavsum davomida Nunyes «Al-Hilol»ning legionerlar limiti bilan bog‘liq muammolari sabab Saudiya chempionati uchun qaydnomadan chiqarib yuborilgandi. Shu bois u mavsumning ikkinchi qismida ichki chempionat o‘yinlarida ishtirok eta olmadi.

Transfermarkt portali Darvin Nunyesning hozirgi bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. 

Kiritildi: 13:22, 23.08.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик