«RB Leypsig» «Lill» hujumchisi Matias Fernandes Pardoni transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif yubordi.
Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya klubi Belgiya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 35 million yevro taklif qildi.
Pardo o‘tgan mavsum Liga 1da 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
JCH-2026da esa futbolchi uch marta zaxiradan maydonga tushdi.













