Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rafinya "Elche"ga qarshi o‘yinda gol va assist qayd etdi

Rafinya "Elche"ga qarshi o‘yinda gol va assist qayd etdi

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Rafinya La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Elche"ga qarshi bahsda gol va samarali uzatma muallifi bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi 14-daqiqada o‘zi ishlab olgan penaltini aniq amalga oshirib, kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Manbalarda gol 15-daqiqa sifatida qayd etilgan.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada esa Rafinya Karim Adeyemiga golli uzatma berdi. Germaniyalik futbolchi Matias Dituro qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, "Barselona" ustunligini 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, Rafinya "Elche"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq "gol+pas" tizimi bo‘yicha 2 ochko to‘pladi. "Barselona" esa tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqdi. 

Kiritildi: 01:37, 24.08.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик