"Kristal Pelas" "Vest Xem" sardori Jarrod Bouen uchun 58 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Hozircha rasmiy taklif yuborilmagan. Avvalroq Bouen "bolg‘achilar" safida qolish va jamoaning APLga qaytishiga yordam berishga qaror qilgani xabar qilingandi. Uning shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.
"Vest Xem" Bouenga jamoa yetakchilaridan biri sifatida ishonch bildirmoqda, biroq yirik taklif klubning futbolchi kelajagi borasidagi pozisiyasi uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda Bouen 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi o‘tkazilgan 2 turdan keyin 16-o‘rinda bormoqda.













