Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Infantino yangi loyihani tasdiqladi

Infantino yangi loyihani tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yildayoq o‘smirlar o‘rtasidagi U15 jahon chempionatini o‘tkazish rejalarini tasdiqladi. Musobaqada tashkilotga a’zo bo‘lgan barcha 211 ta milliy federasiya ishtirok etishi mumkin.

Yakshanba kuni FIFA tomonidan e’lon qilingan videoda Infantino bo‘lajak musobaqani "4000 dan ortiq bola birgalikda futbol o‘ynay oladigan o‘smirlar futboli bayrami" deb atadi.

Shuningdek, Infantino o‘ziga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar haqida ham umumiy fikr bildirdi.

"So‘nggi bir necha haftada ko‘p narsalar sodir bo‘ldi va siz meni eshitishingiz, shuningdek, o‘z his-tuyg‘ularingizni bildirishingiz muhim. Umuman olganda, hammasi juda ijobiy. Men olayotgan barcha qo‘llab-quvvatlashlardan xursandman. Menga ayrim savollar ham berilmoqda. Ommaviy axborot vositalarida hozir tarqalayotgan xabarlarni hisobga olsak, bu savollar kutilgan edi. Muhimi, ularga to‘g‘ri javob berish imkoniyatiga ega bo‘lish va buni vijdonan pok holda amalga oshirish", — deya FIFA rahbarining so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

Hozircha musobaqa formati va uning qayerda o‘tkazilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 03:11, 24.08.2026.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик