Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Xolandning to‘rt yillik seriyasiga nuqta qo‘yildi

Xolandning to‘rt yillik seriyasiga nuqta qo‘yildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasida ilk bor mavsumning birinchi uchrashuvida gol ura olmadi.

"Shaharliklar" APL 1-turida "Bornmut"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Norvegiyalik forvard uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.

Xoland bunga qadar "Manchester Siti"dagi dastlabki to‘rt mavsumining barchasida APLning start o‘yinida gol urgan edi.

2022/23 yilgi mavsumda u "Vest Xem" darvozasiga ikkita gol urgan. 2023/24 yilgi mavsumda "Byornli"ga qarshi dubl qayd etgan bo‘lsa, 2024/25 yilgi mavsumda "Chelsi" darvozasini ishg‘ol qilgan. 2025/26 yilgi mavsumning ilk turida esa "Vulverxempton"ga qarshi yana ikkita gol urgandi.

Shu tariqa, Xolandning APL mavsumining ilk uchrashuvlaridagi to‘rt yillik golli seriyasi yakunlandi.

Kiritildi: 10:30, 24.08.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик