"Manchester Siti" himoyachisi Mark Gexi Angliya Premyer-ligasi 1-turida "Bornmut" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani sharhladi. "Shaharliklar" 84-daqiqada Gexi goli bilan hisobni tenglashtirgan, qo‘shib berilgan vaqtda esa Yoshko Gvardiol g‘alaba to‘pini kiritgan.
"Biz o‘yin boshida, ular birinchi golni urishidan oldin ham ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Menimcha, o‘tkazib yuborilgan golga yaxshi munosabat bildirdik.
Barcha jamoadoshlarim bilan juda faxrlanaman. Muxlislarimizning bizni qanday qo‘llab-quvvatlaganidan ham faxrlanaman. Ammo har bir uchrashuvda bizga aynan shunday jamoaviy ruh kerak", — dedi Gexi.
"Manchester Siti" APLning 2-turida 28 avgust kuni safarda "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi.













