Braziliyalik tajribali yarim himoyachi Fabinyo faoliyatini Turkiyaning «Trabzonspor» klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Fabinyo Saudiya Arabistonining «Al-Ittixod» klubini erkin agent maqomida tark etgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













