Kataloniya klubi yarim himoyachisi Mark Kasado jamoani o‘zgartirishi mumkin.
Futbolchi klubning rejalariga kirmaydi va transferga qo‘yilgan. «Ko‘k-anorranglilar» Kasadoning sotuvidan 40 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
Saudiya Arabistonining klublari «Barselona»ning talablarini bajarishga tayyor, biroq yarim himoyachi Yevropani tark etishni niyat qilmagani bois bu variantni rad etmoqda. Mark Kasado – kataloniyaliklar akademiyasining tarbiyalanuvchisi.













