Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Galatasaroy» Demirovich uchun taklifini oshirdi

«Galatasaroy» Demirovich uchun taklifini oshirdi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» «Shtutgart» markaziy hujumchisi Ermedin Demirovich transferi bo‘yicha taklifini oshirdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi taklif 20 million yevro atrofida.

Avvalroq turk klubi 28 yoshli Bosniya va Gersegovina terma jamoasi futbolchisi uchun 18 million yevro taklif qilgani, «Shtutgart» esa hujumchini 20–25 million yevroga baholayotgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, Demirovich «Galatasaroy» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Ayni paytda «Galatasaroy» tarkibida Turkiya Superligasi o‘yinlari uchun yana faqat bitta xorijlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati qolgan.

«Shtutgart» Demirovichni 2024 yil yozida «Augsburg»dan 21 million yevro evaziga xarid qilgan. Hujumchi ikki yil davomida nemis klubi safida 87 ta o‘yinda 32 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:38, 25.08.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик