Italiyalik darvozabon Mikele di Gregorio Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tdi. "Yuventus" posboni yaqin mavsumni ijara asosida "Bornmut" safida o‘tkazadi. Bu haqda ingliz klubining rasmiy saytida xabar berildi.
O‘tgan mavsumda di Gregorio barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan. 29 yoshli posbon 17 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yaqinda boshlangan Angliya Premyer-ligasining birinchi turida "Bornmut" "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.













