"Napoli"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri joriy mavsumda jamoa bilan sovrin qo‘lga kiritishni maqsad qilganini bildirdi.
Mutaxassisning fikricha, bu yilgi mavsum klub uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki "Napoli" iyul oyi oxirida o‘zining 100 yillik yubileyini nishonladi.
"Bu o‘ziga xos yilda biz sovrin qo‘lga kiritib, doimo bizni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislarimizni yana bir bor xursand qilishni istaymiz. Buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — deya Allegrining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, neapolliklar o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunlagan edi.
"Napoli" 2025 yilda Antonio Konte boshchiligida Italiya chempioni bo‘lgan.













