«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh «Arsenal»ning saviyasiga yuqori baho berdi.
«Arsenal» o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin, chunki bu juda kuchli jamoa. Bu faqat Premyer-ligada emas, Chempionlar ligasida ham ko‘rindi — ular finalgacha yetib borishdi. «Arsenal» hurmatga loyiq va butun Premyer-liga ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerak», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi. «Manchester Yunayted» esa turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.
Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini «Arsenal» «Koventri» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. «Manchester Yunayted» esa «Xall Siti»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.













