«Manchester Siti» futbolchisi Niko O’Rayli Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
21 yoshli angliyalik futbolchi ushbu mukofotni 2025/26 mavsum yakunlariga ko‘ra qo‘lga kiritdi. G‘olib professional futbolchilar o‘rtasidagi ovoz berish natijalari asosida aniqlanadi.
O’Rayli sovrin uchun kurashda jamoadoshi Rayan Sherki, «Arsenal» vakili Maks Douman, «Bornmut» futbolchisi Junior Krupi, «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu va «Liverpul» vakili Rio Ngumoni ortda qoldirdi.
O‘tgan mavsumda O’Rayli barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.














