Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Fabrisio Romano Lyukebaning "Barselona"ga ehtimoliy transferiga oydinlik kiritdi

Fabrisio Romano Lyukebaning "Barselona"ga ehtimoliy transferiga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

"RB Leypsig" himoyachisi Kastello Lyukeba "Barselona"ga taklif qilingan, ammo kataloniyaliklar hozircha uning ehtimoliy transferi ustida ish boshlamagan.

Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qildi. So‘nggi vaqtlarda fransuz futbolchisining Ispaniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokara olib borilmayapti va transfer ilg‘or bosqichda emas.

Lukeba 2023 yil yozidan buyon "RB Leypsig" sharafini himoya qilib kelmoqda. Germaniya klubi markaziy himoyachini Fransiyaning "Lion" jamoasidan sotib olgan.

Futbolchining "RB Leypsig" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:42, 26.08.2026.
O'qildi: 1532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик