"Lion" hujumchisi Lois Openda Chempionlar ligasi saralash bosqichi pley-offining javob uchrashuvida "Fenerbaxche"dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘limni shunday o‘tkazsangiz, vazifa ancha qiyinlashadi. Agar birinchi bo‘limda ham ikkinchi bo‘limdagidek o‘ynaganimizda, hammasi boshqacha yakunlanishi mumkin edi.
"Lion"da professional futbolchilar to‘plangan va endi e’tiborimizni chempionatga qaratishimiz kerak. Oldimizda Yevropa ligasi ham bor. Biz ajoyib mavsum o‘tkazishimiz va Chempionlar ligasida yana ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishimiz kerak", — dedi Openda. Uning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.













