«Bavariya» vingeri Uizdom Mayk «Bryugge»ga o‘tdi.
17 yoshli futbolchi Belgiya klubi bilan 2029 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Kicker ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» nigeriyalik ildizlarga ega germaniyalik vinger transferi uchun 5 million yevro oladi.
Mayk 2022 yildan buyon «Bavariya» tizimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U myunxenliklarning asosiy jamoasi safida 5 ta o‘yin o‘tkazgan va gol hamda assist qayd etmagan.













