«Reksxem» o‘ng qanot himoyachisi Issa Kaboreni «Manchester Siti»dan to‘liq sotib oldi.
Chempionshipda ishtirok etuvchi Uels klubi va Burkina-Faso terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi bir yillik ijaradan so‘ng 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» transferdan 4,75 million funtgacha mablag‘ va futbolchining keyingi sotuvidan 20 foiz oladi.
O‘tgan mavsumda Kabore Angliya ikkinchi divizionida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta golli uzatma amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.













