"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola matbuot anjumanida Kodi Gakponing klubda qolishiga kafolat bera olmasligini aytdi.
"Transfer oynasi ochiq ekan, hech kim bo‘yicha hech narsaga kafolat berib bo‘lmaydi. Kim kelishi mumkinligini hech qachon bilmaysiz", — dedi Iraola.
"Men ham transfer oynasi qanday yakunlanishini bilishni istardim, ammo futbolchilarimizdan birortasining taqdiri qanday bo‘lishini hozircha bilmayman. Hech narsaga kafolat bera olmayman", — deya qo‘shimcha qildi u.
Gakpoga "Tottenxem" hamon qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" Bredli Barkola transferi bo‘yicha kelishuvga erishganidan keyin niderlandiyalik futbolchini sotish masalasiga nisbatan ochiqroq yondashishi mumkin.













