Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "Napoli" "Nyukasl" hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olish imkoniyati bo‘yicha ma’lumot so‘ragan.
Germaniya terma jamoasi futbolchisi o‘tgan yili "Nyukasl"ga kelganidan keyin kutilgan darajada o‘zini ko‘rsata olmadi. Murabbiylar shtabidagi o‘zgarishdan so‘ng u Mattias Yayssle rejalarida asosiy o‘rin tutmayotgani ko‘rinib turibdi.
24 yoshli futbolchining Bundesligaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo "Napoli" unga boshqa variantni taklif qilishi mumkin.
Shu bilan birga, A Seriya klubi bir nechta hujumchilarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Chelsi" futbolchisi Mark Giu ham bor va uning transferi amalga oshirish uchun nisbatan osonroq variant sifatida baholanmoqda.













