"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat oldi. Kataloniya klubi ma’lumotiga ko‘ra, daniyalik futbolchining chap sonidagi to‘rt boshli mushak shikastlangan.
Shu sabab Kristensen yaqin haftalar davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Himoyachining maydonga qaytish sanasi hozircha aniq emas.
Futbolchining safga qaytish muddati tiklanish jarayoni qanday kechishiga qarab belgilanadi.













