Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Arsenal" vingeri bilan shartnomasini bekor qildi

"Arsenal" vingeri bilan shartnomasini bekor qildi

Baho:
+ | -

The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn ma’lum qilishicha, "Arsenal" va Reys Nelson futbolchining klub bilan shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishga kelishib oldi.

26 yoshli vingerning shartnomasi bir yildan kamroq vaqtdan keyin yakunlanishi kerak edi. "Arsenal" Nelson transferi uchun mablag‘ olmaydi, ammo uning salmoqli maoshini to‘lashdan xalos bo‘ladi.

Futbolchining asosiy maqsadi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish. U o‘tgan mavsumda "Brentford" safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Nelsonda Angliya va xorij klublaridan variantlar bor, ammo u keyingi jamoasini tanlashda shoshilmaslikka qaror qilgan.

Nelson "Arsenal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2017 yil avgust oyida debyut qilgan.

Futbolchi "Arsenal" safida jami 90 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 20:43, 27.08.2026.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик