Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan ilk oltin medali sifatida tarixda qoladi.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSH sportchilariga nasib etdi.













