Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

«Ferensvarosh» «Trabzonspor»ni Yevropa ligasidan mosuvo qildi

«Ferensvarosh» «Trabzonspor»ni Yevropa ligasidan mosuvo qildi

Baho:
+ | -

«Trabzonspor» Yevropa ligasi saralash pley-off bosqichi javob uchrashuvida «Ferensvarosh»ga safarda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Turkiya klubi uchrashuv davomida maydonda to‘qqiz kishi bo‘lib qoldi. 13-daqiqada Ruslan Malinovskiy qizil kartochka oldi, 57-daqiqada esa Sidni Lopesh Kabral ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatildi.

«Ferensvarosh» safida Kallum O’Dauda, Marius Korbu, Bamidele Yusuf va Kristian Listesh gol urdi. Yusuf o‘z golini penaltidan kiritdi.

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Muhammad Saloh «Trabzonspor»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushdi va 64-daqiqada almashtirildi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Trabzonspor» 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi uchrashuvda ham turk klubi 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Endi jamoa Konferensiyalar ligasining umumiy bosqichida ishtirok etadi.

Parallel uchrashuvda «Qayrat» «Anderlext»ga 0:3 hisobida yirik tarzda mag‘lub bo‘ldi va musobaqaning asosiy bosqichiga chiqa olmadi. Birinchi bahs ham 0:3 hisobida yakunlangan edi.

Boshqa uchrashuvlarda «Benfika», Polshaning «Lex» va Gresiyaning «OFI» klublari Yevropa ligasining umumiy bosqichiga yo‘l oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:14, 28.08.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик