Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mareska Fil Fodenga yangi vazifa yukladi

Mareska Fil Fodenga yangi vazifa yukladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa yarim himoyachisi Fil Fodenning «Bornmut»ga qarshi o‘yiniga baho berdi.

«Fodenning «Bornmut»ga qarshi o‘yinidan mamnunman. Ammo Fil bundan ham ko‘prog‘iga qodir ekanini aniq bilaman. U jamoa yetakchilaridan biriga aylana oladimi, bilmayman, ammo ayrim futbolchilar ketganidan so‘ng u yetakchilik xususiyatlari borasida oldinga qadam tashlashi kerak», — deya Mareskaning so‘zlarini The Touchline keltiradi.

Angliya Premyer-ligasining birinchi turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Bornmut»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Foden uchrashuvda 82 daqiqa harakat qildi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Keyingi turda «Manchester Siti» safarda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:14, 28.08.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик