«Nyukasl» qanot himoyachisi Lyuis Xoll «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. Har holda, «qizil iblislar» rahbariyati bunga ishonmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» transfer oynasi yopilguniga qadar 21 yoshli angliyalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi. Biroq «Nyukasl» hozircha Xollni qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Shu bilan birga, Maykl Karrik jamoasi transfer bu yozda amalga oshmasa ham jiddiy xavotirga tushmaydi. Klubdagilar Xollni keyingi yil ham xarid qilish imkoniyatiga ega ekanliklariga ishonishmoqda. Bu holat Karlos Baleba transferidagi vaziyatga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy bitim qiymati 82 million yevroga yetishi mumkin.
Yangi mavsumda Xoll barcha musobaqalarda ikkita uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.













